Yevrokomissiya 2016 yilda boshlangan baholash natijalari bo‘yicha Xorvatiyaning hududga qabul qilinishi bo‘yicha rasmiy tavsiya bergan. Ushbu qarorni Yevrokengash ma'qullashi kerak bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, Xorvatiya zarur shartlarni bajarishda “yaxshi bormoqda”, biroq u tashqi chegaralarni boshqarish bo‘yicha hali katta ish qilishi lozim.   

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Xorvatiyaga “sa'y-harakatlari va qat'iyatligi” uchun minnatdorlik bildirgan hamda Shengen hududi integratsiya jarayonlari evazigagina kuchliroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.