Viloyat IIB YHXBning Kun.uz’ga ma'lumot berishicha, mazkur piyodalar o‘tish yo‘lining afzallik tomonlaridan biri — avtomashina haydovchisi harakatlanayotganda piyodalar yo‘lakchasiga 50 metr qolganda dastlab g‘ildiraklarga uriluvchi vibroshovqinli tasma haydovchini ogohlantiradi, bu holat piyodalar yo‘lakchasiga 30 metr qolganda yana takrorlanadi.

Bundan tashqari yo‘lning chetida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi tablo, hamda piyodalar yo‘lagidagi zebra chizig‘ining maxsus plafonli chiroqlar bilan jihozlangani, piyodalar o‘tish joyida fuqarolar paydo bo‘lishi bilan maxsus sensorli qurilma orqali yonishi haydovchilarni yanada hushyor bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Navoiy viloyatida shu kabi jami to‘rtta «piyodalar xavfsiz o‘tish joyi» o‘rnatilgan.