«Shengenni chuqur qayta tashkil etish kerak, hatto bu kichik miqdordagi davlatlar ishtirokida bo‘lsa ham, amalga oshirilishi kerak», - dedi Makron. U migratsiya siyosati sohasida yetarlicha hamkorlik qilmayotgan Shengen hududidagi qator davlatlarni tanqid qilgan.

«Umumiy chegaralar, Shengen, Dublin bitimi endi ishlamayapti», - dedi Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya masalasini hal qilish iqlim o‘zgarishi muammosidan kam ahamiyatga ega emas. 

«Ochiq bo‘lish uchun chegara kerak, qabul qilish uchun - uy bo‘lishi lozim, bu esa chegaralar degani. Iqlim muammosi bilan bir qatorda, migratsiya masalasi ham men uchun Yevropadagi o‘ta muhim chaqiriq sanaladi», - dedi Makron.

Bundan oldin, Makron Shengen hududini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi.