
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihalar 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar tanlovi yakunlari bo‘yicha saralangan. Yaqin kunlarda uni amalga oshirishga kirishiladi. Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Belarusda ikki qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yaratishni rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish davomida Aleksandr Shumilin va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik ijrosi dasturini imzolashdi.

Hujjatga ko‘ra, Belarus va O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishadi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishadi, olimlar, tadqiqotlar va mutaxassislar o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yishadi.










