Hujjatda qayd etilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan zamonaviy nona ion SPECT/CT tomografini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda;
b) loyihaning umumiy qiymati 725,0 ming yevroni tashkil etadi, undan:
525,0 ming yevro Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan homiylik xayriyasi sifatida ajratiladi;
Xalqaro atom energiyasi agentligiga 200,0 ming yevro Markaz tomonidan to‘lab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihani moliyalashtirish uchun Markazga 3 yil muddatga yillik 1 foizlik stavka bo‘yicha 200,0 ming yevro budjet ssudasi ajratilishini ta'minlaydi.
Markaz:
budjet ssudasidan loyihani amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini;
budjet ssudasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatda to‘liq qaytarilishini ta'minlaydi.











