Bahslarni dastlab Osiyo terma jamoalari boshlab berdi. Ummon termasi Afg‘oniston darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Shundan so‘ng qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi bahslarda Singapur Malayziyani, Iroq Suriyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yevropada esa Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Serbiya bilan durang o‘ynadi – 1:1. Luka Yovichning 12-daqiqadagi goliga nemislardan Leon Goretska 69-daqiqada javob qaytardi. Uels esa Trinidad va Tobagoni qabul qilib, 90+2-daqiqada Ben Vudbern tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
20 mart
Ummon – Afg‘oniston 5:0 (3:0)
Gollar: Ahmad Kano (9), Rayed Solih (26), Muhammad Al-Balushi (45+2), Abdul Al-Muqbali (49), Muslim Akaak (90+3)

Malayziya – Singapur 0:1 (0:0)
Gol: Faris Ramli (82)

Iroq – Suriya 1:0 (0:0)
Gol: Justin Meram (76)

Uels – Trinidad va Tobago 1:0 (0:0)
Gol: Ben Vudbern (90+2)

Germaniya – Serbiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Yovich, 1:1 – 69 Goretska.
Germaniya – Noyyer (ter Stegen, 46), Klostermann (Kerer, 90), Ta, Zyule, Kimmix, Brandt (Goretska, 56), Gundo‘g‘an, Sane (Shuls, 90), Xaverts (Roys, 46), Xalstenberg, Verner.
Serbiya – Dmitrovich, Milenkovich, Bogosovats (Mitrovich, 80), Rukavina, Spayich, Maksimovich (Yovichich, 88), Gachinovich (Radonich, 62), Lazovich (Jivkovich, 79), Milinkovich-Savich (Lukich, 62), Lyayich, Yovich (Pavkov, 71).
Chetlatish: Pavkov (90+3).

21 mart
16:35. Xitoy – Tailand
23:00. Kosovo – Daniya
05:00. AQSh – Ekvador

22 mart
15:20. Yaponiya – Kolumbiya
16:00. Janubiy Koreya – Boliviya
16:35. O‘zbekiston – Urugvay