«Ilm-fan – 2020» dasturi O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga yo‘l ochadi.
Elsevier kompaniyasi fan, ta'lim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlar va mahsulotlarni taklif etuvchi jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi.
Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim hamda doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishida ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.











