Shuningdek, Kim Chen In Mun Chje Inni mintaqada tinchlik va farovonlikni saqlash bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirishga chaqirdi. "Joriy yilda ikki Koreya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p yillik adovatni bartaraf etish hamda bizning millatimizni harbiy bosim va xavflardan xalos qilishga doir amaliy choralarni qabul qilishdi", - deya Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlarini keltiradi Ko‘k uy vakili Kim Yui Keom.
O‘tayotgan yilda Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari uzoq yillik ziddiyatlardan so‘ng uch sammit o‘tkazishdi. Kim Chen In o‘z maktubi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yumshaganini yana bir bor qayd etdi, deb hisoblaydi Reuters.
Mun Chje Inga yo‘llangan xatda Shimoliy Koreya yetakchisi bu yil Seulga tashrif buyura olmaganidan afsusda ekanini bayon qilgan. Tomonlar sentabr oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan oxirgi, uchinchi sammitda shunga oid kelishuvga erishishdi. Kim Chen Inning ishonch bildirishicha, kelgusida u albatta Janubiy Koreya poytaxtiga tashrif buyuradi.











