Foto: Mark J Terrill/AP

To‘qqizinchi raund o‘rtalarida Uaylder Fyurini ketma-ket uchta zarba berib nokdaunga uchratdi. Fyuri 12-raund boshida yana bir bor nokdaunga uchradi.

Foto: Andrew Couldridge/Action Images via Reuters

Jang yakunida hakamlardan biri Uaylder 115:111 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi. Ikkinchi hakam Fyurini g‘olib deb topdi (114:110). Uchinchi hakam 113:113 hisobida durang bo‘ldi deb hisobladi.

Uaylder va Fyuri professional ringda bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Amerikalik bokschi hisobida 40 g‘alaba (39 nokaut) va bir durang bo‘lsa, britaniyalik bokschi 27 g‘alaba (19 nokaut) va bir durang qayd etgan.

Jangdan keyin bergan intervyularida har ikki bokschi revansh jangi o‘tkazish istagida ekanligini aytdi. 

Foto: Andrew Couldridge/Action Images via Reuters

"Navbatdagi jangim Fyuri bilan revansh jangi bo‘ladimi, buni bilmayman, ammo buni quvonch bilan qarshi olgan bo‘lardim",  dedi Uaylder

"Biz albatta revansh o‘tkazamiz, bunga tayyorlanaveringlar", dedi Fyuri.