Ta'kidlanishicha, mamlakat sobiq prezidenti Leonid Kuchma o‘rniga bu lavozimga sobiq bosh vazir, Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hamda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Yevgeniy Martuk tayinlangan.
«U Minsk muzokaralari muammosini juda yaxshi biladi va Ukraina milliy manfaatlarini qat'iy himoya qiladi», - deya qayd etib o‘tdi Gerashchenko.
Ta'kidlanishicha, bundan oldin u Ukrainaning Muloqot guruhi xavfsizligi bo‘yicha kichik guruhida vakili bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi ekanini aytgandi.











