Kushner bunday fikrni undan Respublikachilar partiyasi oraliq saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Trampga bu qanday ta'sir qilishi haqida so‘rashganida aytib o‘tdi.
«U qora oqqush. U butun umri davomida qora oqqush bo‘lib keldi», - deya javob bergan Kushner.
Telekanaldan eslatishlaricha, ushbu atama muallifi amerikalik matematik va treyder Nassim Nikolya Tolib sanaladi. U hech qanday taxminlarga bo‘ysunmaydigan va boshqalarning taxmin qilish mumkin bo‘lgan narsalar haqidagi fikrini o‘zgartiradigan kishilarni «qora oqqush», deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShga kelayotgan migrantlarga chaqiriq bilan chiqqandi.











