Yamanning Xudaydo viloyatida fuqarolar ketayotgan mikroavtobuslarga zarba berilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lum qildi.

Voqea Jabal ar-Ras tumanida sodir bo‘lgan.

BMT ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlangan bir necha kishi mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Kim zarba berganiga aniqlik kiritilmagan.