Mutaxassis bir terma jamoani eng ko‘p marta boshqargan rekordchi murabbiy bo‘ldi. 2006 yilda Urugvayga tayinlangan Tabares qo‘l ostida jamoa 185ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari, u jahon chempionatlaridan eng ko‘p ishtirok etgan murabbiy bo‘ldi - 4.
Oskar Tabares Urugvay terma jamoasi bilan 2 marta Amerika Kubogida zafar quchgan. 2011 yilda u Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
JCh-2018 musobaqasida Tabares qo‘l ostidagi Urugvay chorakfinalgacha yetib borib, bo‘lajak jahon chempioni Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan edi.











