«Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi. U xalqaro faoliyatini yakunlamadi, ammo, hozircha terma jamoaga chaqirilmaydi. Uning qachon qaytishini keyin bilib olamiz», - deb yozdi Kastilo «Tvitter» sahifasida.
Ayni paytda, Argentina terma jamoasida Lionel Skaloni va Pablo Aymar vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarishmoqda. Ular Messi bilan suhbatlashib olgan, ammo uni terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatib turish haqidagi fikridan qaytara olishmagan.
Endi Messi Argentina terma jamoasining Gvatemala (7 sentabr) va Kolumbiyaga (11 sentabr) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.











