"Tashkilotga a'zo davlatlar bank-moliya sohasida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan savdo va sarmoyaviy faoliyatda milliy valyutani qo‘llash hajmini kengaytirish istiqbollarini o‘rganish tarafdori", - deyiladi hujjatda. 

Tomonlar shuningdek moliyaviy tuzilmalar va ularning xizmatlari tarmoqlarini shakllantirish uchun qulay hamda adolatli sharoitlarini ta'minlash maqsadida moliyaviy nazorat va boshqaruv sohasida o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish, muvozanatli makroiqtisodiy boshqaruv sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va moliviy tuzilmalar ustidan nazorat qilishning dolzarbligini ta'kidlashdi.