«Bir yil muqaddam Jared [Kushner] 2016 yilgi saylovlarga aralashuvni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha istalgan ishga yordam berishga eng birinchilardan bo‘lib rozi bo‘lgandi. O‘shandan beri u surishtiruvga to‘la ko‘mak ko‘rsatib keldi hamda kongress vakillari bilan soatlab so‘roqlarda ishtirok etdi, shuningdek, u maxsus prokuror Myullerning jamoasi bilan ikki marotaba suhbatlashdi», - deya Kushnerning advokati Abba Louell so‘zlarini keltiradi telekanal.

Advokatning ta'kidlashicha, uning mijozi barcha savollar bo‘yicha batafsil javob qaytargan. U Myuller bilan intervyu aniq qachon o‘tkazilganini aytmadi hamda so‘roq nima haqida bo‘lganiga oydinlik kiritmadi.

Shuningdek ta'kidlanishicha, Kushnerga maxfiy hujjatlardan foydalanish huquqi qaytarilgan. Avvalroq, u Oq uy apparati rahbari Jon Kelliga rasmiy shaxslarning maxfiy milliy ma'lumotlardan foydalanishi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgani tufayli pasaytirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Myuller Trampga sud bilan tahdid qilgandi.