BelPAN tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, shu yilning birinchi chorak davri va aprel oyida O‘zbekistondagi iste'mol tovarlariga belgilangan narxlar 5,8 foizga qimmatlagan. Ushbu mezon bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ukraina (4,4 foiz), uchinchi o‘rinda esa Belarus (2,8 foiz) qayd etilgan.

Turkmaniston bo‘yicha aniq ma'lumot mavjud emas, biroq Tojikiston iste'mol tovarlari narxi 0,2 foizga arzonlagani aytilmoqda. Qirg‘izistonda esa vaziyat birmuncha boshqacha (0,6 foiz), Qozog‘istondagi talabga ko‘ra, narxlar 2,2 foizga o‘sgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida kuzatuvdagi tovarlar savati narxlari o‘rtacha 1 foizga oshgan.