«Levante» hujumchisi Emmanuel Boateng Ispaniya chempionati 37-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yinda het-trik sohibi bo‘ldi. Uning jamoasi esa 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Ganalik futbolchi so‘nggi 13 yilda Primera o‘yinlarida «Barselona» darvozasiga uchta gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi, deb yozadi Gracenote Live.
Avvalroq, bu ishni 2005 yilda «Atletiko» hujumchisi Diyego Forlan uddalagan edi.











