Ma'lumotlarga ko‘ra, Liviyadan 3 ta qayiqda Yevropaga jo‘nagan 406 nafar noqonuniy muhojir Liviya sohillari yaqinida qutqarib qolingan. Ular orasida Misr, Tunis, Afrikaning yana bir nechta davlati fuqarolari bo‘lgan.

Barcha qutqarilganlar Tripoli yaqinidagi harbiy bazaga yetkazilganlar. U yerda ularga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda qutqarilganlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus xizmat ixtiyoriga topshirilgan.