«Ha, bir hafta davomida mening ishlarim ko‘payib ketdi, bu ham FQB tergovi, hamda bojxona bilan muammolar, biroq men hammasini yaxshi hal qildim. Meni rus josusi ekanim haqida ayblashmadi», - dedi Yemelyanenko matbuot anjumanida.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Mir bilan jang avvaldan reja qilingandan biroz boshqacharoq kechdi.
«Sababi yengilroq zarbani baribir o‘tkazib yubordim. Biroq hammasi yaxshi yakun topdi. Frenk kuchli va o‘ylab harakat qiladigan jangchi, u cho‘qqida edi, hamda hozir ham yaxshi darajada.
Chempion bo‘lish imkoniyatiga kelsak, mening ortimda ko‘plab insonlar turibdi. Ko‘plar menga ishqibozlik qiladi, qayg‘uradi. Men ishqibozlar armiyasi orqamda turganini tushunaman va ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi sportchi.
Yemelyanenko yarim finalda amerikalik Cheyl Sonnen bilan uchrashadi. Jang sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.











