Xususan, ariza beruvchidan quyidagilar hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilinadi: 

yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

loyiha, qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar;

tegishli organlarning sanitariya, yong‘in xavfsizligi normalari talablariga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosasi;

loyihalash, telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha mutaxassislardan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va mehnat daftarchasi nusxasi.