XMT matbuot kotibi Oliviya Xidonning ma'lum qilishicha, Liviyaning Zuvar shahri sohillariga 10 jasad oqib kelgan. Jasadlar 8 pokistonlik va 2 liviyalikka tegishli ekanligi aniqlangan.
XMTda ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Yevropaga Liviya orqali o‘tmoqchi bo‘layotgan pokistonliklar soni keskin oshib ketgan.
O‘tgan yil Italiyaga O‘rta yer dengizi orqali 119 ming muhojir, 2016 yilda esa 180 ming muhojir kelgan.











