Albatta, aktyor Tim Karri sizlarni konserj rolida qarshi olmaydi, Donald Tramp ham hollda sizga yo‘l ko‘rsatish uchun haddan tashqari band, biroq mehmonxona rahbariyati haqiqiy bayramona kayfiyatni va'da qilmoqda.
O‘zini Kevin Makkalisterdek his qilishni istagan har qanday mehmonga 895 dollar evaziga komediya disklari to‘plami, 1992 yilgi restoran menyusi - o‘sha paytlardagi bolalarning sevimli taomlari, esdalik suvenirlari, shuningdek, fotokabinada suratga tushish hamda nomerda katta muzqaymoq yeyish imkoni taqdim etiladi - barchasi filmdagi kadrlarni yodga soladi.
Qo‘shimcha to‘lov uchun Empire State Building osmono‘par binosining kuzatuv maydoniga ko‘tarilish, Kevinning yo‘nalishi bo‘ylab limuzinda sayohatga buyurtma berish va Wollman Rink muz saroyiga borish ham mumkin.











