O‘tish o‘yinlarida 9 guruhning eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi. Bular Shvetsiya, Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Daniya, Irlandiya, Italiya, Gretsiya va Xorvatiya. Eng yomon ikkinchi o‘rin Slovakiya terma jamoasi (18 ochko) bo‘ldi va ular JCh-2018 uchun kurashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Pley-off uchun qur'a tashlash marosimi 17 oktabr kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi. Jamoalar qur'a kuniga e'lon qilinadigan FIFA reytingiga qarab savatchalarga bo‘lib chiqiladi. Birinchi uchrashuvlar 9-11 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 12-14 noyabr kunlari o‘tkaziladi.