Nashrning aniqlik kiritishicha, 28 yoshli Viktor Xaladko alkogolli ichimlik ta'sirida bo‘lib, unga xizmat ko‘rsatishlarini talab qilgan. U bar yopilgani haqidagi so‘zlarni eshitishni ham istamagan. Dahanaki jang ur-yiqitga aylangan. Sayyoh pichoq bilan jigaridan jarohat olgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uning o‘limini qayd etishdi.

Mehmonxona ma'muriyati politsiya chaqirgan. Ayni vaqtda barmenni vaqtinchalik qamoqqa olish masalasi hal etilmoqda.