Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu zilzila navbatdagi yer osti atom portlashi natijasi bo‘lishi mumkin.  

Avvalroq Shimoliy Koreya davlat televideniyesi mamlakat rahbari Kim Chen In qit'alararo ballistik raketalar uchun jangovar kallak sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan vodorod bombasini ko‘zdan kechirganini ma'lum qilgandi.