Ikkinchi yo‘nalishda “To‘palang GES” quvvatini oshirish bo‘yicha umumiy quvvati 145 mVt bo‘lgan 2 ta agregat o‘rnatish ishlari 2020 yilda yakunlanishi mo‘ljallangan. Bugungi kunda GESda 48 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritib, o‘rtacha yiliga 80 mln. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, loyiha to‘la quvvat bilan ish boshlagach 430 mln. kVt/st elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlari hamda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Bundan tashqari, “To‘palang GES” DUK tomonidan joriy yilning avgust oyidan boshlab umumiy quvvati 69 mVtni tashkil etuvchi 2 ta “Zarchob” kaskad kichik GESlarining qurilish ishlari zamonaviy texnikalar va malakali mutaxassislar jalb etilgan holda boshlab yuborildi. 

Mazkur loyihalarning ishga tushishi bilan 60 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.