Eronlik harbiy Tehron viloyati janubidagi harbiy aviabazadagi birga xizmat qiluvchi xizmatdoshlarini o‘qqa tutdi. Buning oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda Kaxrezak shahri kengashi rahbariga iqtibos keltirgan holda Mehr axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, otishma Kaxrezak shahrida yuz bergan. Halok bo‘lganlardan biri zobit, qolganlari oddiy askarlar bo‘lganlar. Harbiylar javob o‘ti ochib, hujum qilgan harbiyni bartaraf etishgan.
Barcha yaralanganlar shaharning janubidagi harbiy-havo kuchlari gospitaliga yetkazilganlar.
Harbiyning hujumi sabablari va voqea tafsilotlari hozircha noma'lum.











