29 iyun kuni tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi qaroriga asosan Rustam Shoabdurahmonov shu lavozimga tayinlangan.
Rustam Shoabdurahmonov 2001—2005 yillarda Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U shuningdek, turli yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vaziri va vazir o‘rinbosari sifatida ham ishlagan, 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, direksiya O‘zbekiston hukumatining 15 iyundagi qarori bilan tashkil etildi. U o‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha loyihalarga buyurtma berish, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.










