Jarohatlanganlardan 3 nafari og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Hodisa Tsumadinskiy tumanidagi Agvali qishlog‘i maktabida, kompyuter sinfida ro‘y bergan. Ayni vaqtda voqea joyida maxsus guruh ish olib bormoqda.
«Sakkizinchi sinf o‘quvchilaridan biri maktabga granata olib kelgan. Natijada kompyuter sinfida portlash ro‘y bergan»,— degan Agvalidagi o‘rta maktab direktori Shomil Abakarov. Uning qo‘shimcha qilishicha, dars vaqtida granata otgan o‘quvchi politseya mahkamasiga olib ketilgan.










