Ehtimol, bu prototip FJ Cruiser modelining bo‘lajak o‘rinbosari haqida tasavvur uyg‘otadi. Biroq, hozircha, kompaniya kontseptni seriyali davom ettirish rejalari haqida so‘z yuritmayapti, aksincha yangi g‘oyalarning namoyishi sifatida cheklanishmoqda. 

FT-4X TNGA global modul arxitekturasi negizida barpo etilgan. Uning o‘lchami CH-R krossoveri bilan bir xil. Kontseptga o‘rnatiladigan motor tafsilotlari ochiqlanmagan. 

Kontseptni kompaniyaning Kaliforniyadagi dizayn-markazi tayyorlagan. Uning o‘zgacha yukxona eshigidan tashqari, FT-4X orqa g‘ildiraklar oralig‘idagi kuzov tomi va arkalarini olib qo‘ysa bo‘ladi. Ularning ostiga shisha joylangan. 

Salonda esa uxlash uchun qopni ilg‘ash mumkin. U old o‘rindiqlar o‘rtasida tirsakqo‘ygich vazifasini ham o‘taydi.