Startap o‘z ishlanmasiga yirik pitstseriyalar tarmog‘ini jalb etishni rejalashtirgan, shuning uchun BeeHex rahbari ancha ijobiy kayfiyatda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kafe va restoranlar egalari mijozlarga “shaxsiy” taomlarni taklif etishni maqsad qilishgan, biroq xodimlarni qayta o‘qitishni istashmayapti, bundan tashqari, buyurtmaga qilingan taom oddiysidan ancha qimmatroqqa tushadi.

Chef 3D printeri ishlab chiqarish xarajatlari va xodimlarni qayta o‘qitish qiymatini kamaytirishga yordam beradi, sababi “bosma” taomni ishlab chiqarish deyarli butunlay avtomatik rejimda bo‘ladi.
Noodatiy printer qachon sotuvga chiqishi noma'lum.










