Ranchoda asosiy yashash joyiga 12 000 fut ajratilgan bo‘lib, bundan tashqari yana suzish havzasi, 50 kishilik kinoteatr va raqs studiyasi mavjud. Shuningdek bu maskan o‘ziga xos jihatlari bilan ham ajralib turadi - unda Disney uslubidagi temiryo‘l stansiyasi, yong‘in uyi va saroy  ham bor. 

Jyekson ranchoni 2009 yilda 22,5 million dollarga Colony Capital'ga sotgan. Colony Capital Donald Trampning ishonchli vakili Tomas Barrak tomonidan boshqariladi.