"Fikrimcha, Germaniya birlashgandan, Sovuq urush yakunlangandan chorak asr o‘tib, yangi tarixiy davr boshqasining o‘rnini egallaydi", deb aytdi Merkel.
"Biz qutblilik va populizm yo‘li bilan muammolarni hal qilishga urinib hech narsaga erishmaymiz. Biz millatimizning asosiy tamoyillariga amal qilishimizni ko‘rsatishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi Merkel.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishini 20-asrdagi dunyo tuzilishiga chek qo‘ygan davr deb atagandi. Uning aytishicha, "Trampning saylanishi bilan 20-asrning eski olami nihoyat o‘tmishda qoldi".











