Turkiya hukumati mamlakatda o‘rnatilgan favqulodda vaziyat tartibini 3 oyga uzaytirdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Turkiya parlamenti shunday qarorga keldi. Bu qaror 19 yanvarda kuchga kiradi.
Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi mamlakatda 16 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 3 oyga kiritilgandi.











