Lixte Q8 haqida boshqa ma'lumotlar, xususan, uning savdoga chiqarilishiga oid axborotlarni taqdim etmagan. Biroq, suratlardan birida krossover old bamperida e-tron yozuvini ko‘rish mumkin. Bundan shuni anglash mumkinki, kontsept-karga elektr dvigatel o‘rnatiladi. 

Lixtening so‘zlariga ko‘ra, 2017 yil yozida savdoga chiquvchi yangi avlod Audi A8 sedani  avtomobil boshqaruvi funksiyalarining «mutlaq yangi konsepsiya»ga ega bo‘ladi. 

Audi rahbariyati Q8 yo‘ltanlamasini ishlab chiqishni 2014 yilda ma'qullagan edi. O‘shanda, model MLB-Evo platformasi negizida barpo etilishi ta'kidlangan edi. Porsche Cayenne, Audi Q7 va Bentley Bentayga avtomobillari ham ayni shassida ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, Q8 elektr namunasiga ham ega bo‘lishi, u Tesla Model X bilan raqobatlashishi aytilgan edi.