Boliviya prezidenti Evo Morales g‘ayriodatiy kuchli qurg‘oqchilik sababli mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi e'lon qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi mamlakatning 139 ta munitsipal okrugidan 131 tasiga ta'sirini o‘tkazgan.

"Bugun biz bu vaziyatni muhokama qilgani yig‘ildik. Men bu masalaga bor e'tiborimni qaratish uchun ishchi jadvalimni qayta ko‘rib chiqdim", deb aytgan Morales hukumatning favqulodda majlisida.

Ta'kidlanishicha, Boliviya poytaxti La-Pasdagi suv ta'minoti maxsus jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.