Mazkur shou Funny or Die onlayn-kanalida taqdim etiladi. Shou formatida boshlovchi va mehmonning nafaqat bir-biri bilan hazillashishi, balki haqoratli izohlar berishi ham ko‘zda tutilgan. Biroq bu ko‘rsatuvga taklif qilinadigan mehmonlarni cho‘chitmaydi.
2014 yilda Zak Galifianakisning studiyasiga AQSh prezidenti Barak Obama tashrif buyurgan, turli vaqtlarda Jastin Biber, Bred Pitt va boshqa mashhur yulduzlar bu ko‘rsatuvda mehmon bo‘lishgan.
Boshlovchi Hillari Klintonni hazillar va kinoyalarga ko‘mib tashladi, lekin sobiq bosh kotib ularni munosib qarshi oldi.
Videoda ko‘rsatuvning eng yorqin lahzalari keltirilgan.











