Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi. 
"O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hayotdan ko‘z yumdi. Alloh uning ruhini shod qilsin. Turkiya jumhuriyati nomidan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardligimni izhor qilaman", — degan Yildirim Turkiya hukumatining Anqarada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.