Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli quvur yorilib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ushbu xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat 5-avgust kuni soat 11:55da sodir bo‘lgan. Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga ketadigan magistral pulpoprovod, ya’ni quvurda yorilish yuz bergan.

“Kombinat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan quvurni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, holat bartaraf etildi. Ayni paytda yo‘llar tozalandi”, deyiladi rasmiy munosabatda.