Ma’lum qilinishicha, “Dolzarb 40 kun” tadbirlarining asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishdan iborat.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan respublika bo‘ylab keng ko‘lamli amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida agentlik, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarda maxsus shtablar tuzilgan. Shuningdek, har bir hududiy boshqarmaga mas’ul xodimlar biriktirilib, navbatchilik tizimi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.