Ukraina Rossiya havo hujumlariga qarshi turish uchun «Patriot» havo mudofaasi raketalarini qidirmoqda. Zelenskiyning Vashingtonga safaridan asosiy maqsad ham Ukraina havo mudofaasi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni topish, buni AQSh bilan muhokama qilish edi. AP nashrining yozishicha, Oq uydagi muzokarada «Patriot» raketa tutib qoluvchi tizimlarni ishlab chiqarish bo‘yicha litsenziya va hamkorlik masalasi gaplashilgan. Bundan tashqari, Tramp Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini qayta tiklash masalasini ham ko‘targan.
Uchrashuvdan keyin Zelenskiy o‘z ijtimoiy sahifalarida muloqot yaxshi o‘tgani, oval kabinetda esa Tramp NATO sammitida va’da bergan mavzu – havodan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish uchun litsenziya masalasini gaplashganini yozdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiyning safari qisqa muddatda tashkillangan va unga munosabat avvalgiga qaraganda iliqroq bo‘lgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Prezident AQShning Kiyevga harbiy yordamini ta’minlashga harakat qilmoqda.
Aytish joizki, «Patriot» qurollari Ukraina uchun havodan hujumni ushlab qoluvchi asosiy tizim bo‘lib qolmoqda va Kiyevning qo‘lida bu qurollar surunkali kamayib bormoqda. Zelenskiyning Tramp bilan uchrashuvi harbiy yordam haqida hech qanday rasmiy e’lonsiz yakunlandi.

Benyamin Netanyahu esa AQSh-Isroil munosabatlari Eron bo‘yicha turli qarashlar tufayli yomonlashgan bir paytda safar qilmoqda. Shuningdek, Isroil bosh vaziri mamlakatida saylovlarga 3 oy qolganida hamda G‘arbiy sohilda reydlar avj olgan paytda Vashingtonda.
Netanyahu va Tramp shu yilning 28 fevralida Tehronga hujumlar boshlanganidan beri birinchi marta Oq uyda ko‘rishmoqda. Ikki siyosatchi Erondagi rejimni ag‘darishga bel bog‘laganidan 5 oy o‘tib, endi urushni qanday boshqarishni muhokamadan o‘tkazmoqda.
Netanyahu Tramp ma’muriyati davrida AQShning boshqa prezidentlari davridagiga qaraganda Oq uyga ko‘proq marta tashrif buyurgan. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra esa, Netanyahu qayta saylanish uchun Trampning qo‘llab-quvvatlovini kutmoqda.

Safardan avval Oq uy rasmiysi Reuters axborot agentligiga ikki tomon Eronga qarshi urush, shuningdek, Isroilning «Hizbulloh»ni nishonga olishi ortidan Eronning Livanni tark etish talabini muhokama qilishi mumkinligini aytgan.
Kunning ikkinchi yarmida esa marhum senator Lindsi Gremning dafn marosimi o‘tkazildi.













