Ijtimoiy tarmoqlarda orqa qismiga it jasadi bog‘langan avtomashina aks etgan lavhalar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 iyul kuni Qamashi tumani “Quyi yangi” MFYda yashovchi D.T. o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasida «Qarshi-Shahrisabz» yo‘lining Qamashi tumani «Quyiyangi» MFYdan o‘tgan qismida ketayotib yo‘l bo‘yida yotgan it jasadini ko‘rib qolgan.
U jasadni avtomashinasining orqa qismiga bog‘lagan holda sudrab olib ketgan.
Qarshi shahriga harakatlanib ketayotgan «Neksiya-3» rusumli avtomobil egasi va uning ichidagi yo‘lovchilar T.D.ni xarakatlaridan norozi bo‘lib, avtomobilni to‘xtatib gaplashib, holatga oydinlik kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan T.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborilgan.











