Tomonlar shu yilning noyabr oyida Jidda shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni tadbirkor ayollar birinchi forumini yuqori darajada tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Sulton al-Hamid Saudiya tomoni ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi va forum yuksak saviyada o‘tkazilishiga ishontirdi.
Mazkur forumda ikki mamlakatning hunarmandchilik, kiyim-kechak va tekstil, dizayner, moda, zargarlik, mehmonxona va turizm biznesi, oziq-ovqat sanoati va pazandachilik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollari ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbir doirasida tadbirkor ayollar o‘rtasida B2B shaklidagi muloqot, master-klass, milliy va zamonaviy kiyim-kechaklar namoyishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon ayollari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.











