GPS ishidagi nosozlik Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Finlandiyaga uchayotgan samolyotlar uchuvchilariga xalaqit berishi sababli navigatsiyaning muqobil usullaridan foydalanishga to‘g‘ri kelyapti. Estoniya rasmiylarining xatida aytilishicha, bu yerusti harakatiga hozircha ta’sir qilmagan. Estoniya rasmiylari fikricha, GPS signallari to‘silishi - Rossiyaning o‘z hududidagi strategik obektlarni himoya qilishga urinishi.
Finlandiya havo transporti boshqarmasi fin uchuvchilari muqobil navigatsiya tizimlaridan foydalanayotgani va tijorat reyslari jadvalga muvofiq amalga oshirilayotganini tasdiqladi.
3 mayga o‘tar kechasi Kreml hududida ikkita dron portladi. Rossiya hukumati Ukrainani davlat rahbari qarorgohiga hujum qilishga uringanlikda aybladi. Shundan so‘ng Moskvadan GPS ishidagi nosozliklar haqida xabarlar kela boshladi. Xususan, taksini rivojlantirish bo‘yicha jamoat kengashi matbuot xizmati The Insider nashriga ma’lum qilishicha, taksi haydovchilari bunday nosozliklar bo‘yicha shikoyat qilishgan.











