Joriy yilning 11 sentabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod O‘rmonov, haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan Sh.A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi «Lacetti» avtomashinasiga to‘xtash ishorasini bergan.
Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va 1991 yilda tug‘ilgan, Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori, serjant Dilmurod O‘rmonovni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, serjant Dilmurod O‘rmonov 14 sentabr kuni olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.











