Ro‘yxatdagi tashkilotlar tizimida ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilishi mumkin.

Ro‘yxatdagi tashkilotlar 2021/22 o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin.

Tizimda asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga tegishli vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta'lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta'lim shakli uchun 5 yil, kechki ta'lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot tomonidan to‘lab beriladi.