“Avvalroq kechki ta'limda kunlik 3-4 para darslarni 2 paragacha qisqartirish, ma'lum bir qismini onlaynga o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan edi. Chunki kechki ta'lim ko‘p joylarda soat 18:00dan, tashkilotlarda ish tugaganidan keyin boshlanadi.

Bugungi kunda sirtqi va kechki ta'lim onlayn amalga oshiriladi. Agar oliy ta'lim muassasasining imkoniyati mavjud bo‘lsa, ya'ni kunduzgi smenalardan vaqtliroq joy qoladigan bo‘lsa, oliy ta'lim muassasasi buni o‘zi hal qiladi: kechki ta'limdagi talabalarni ham an'anaviy ta'limda, belgilangan, kechki vaqtda jalb qiladi”, - dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.