2020 yilning 1 may sanasidan xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar öz faoliyatini boşlagani va şu kuni Qöqon şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius F.Xojimatov tomonidan birinçi notarial harakat amalga oşirilgani haqida xabar berilgan edi.

Oradan bir oydan oşiq vaqt ötib, uşbu tizimda ayrim muammolar yuzaga çiqa boşladi. Tahririyatga xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslardan kelayotgan bir qança murojaatlar şuni körsatmoqda.

“Hisob raqamlarimizga pul tuşirişmayapti, xodimlarimizga oylik berişimiz kerak, özimiz ham maoş olganimiz yöq. Buning natijasida rözğor tebratişda qiyinçiliklar yuzaga kelyapti. Ayniqsa, har qaçongidan ham köra köproq hozirgi karantin paytida xodimlarga öz vaqtida maoş beriş lozim”, - deyiladi tahririyatga yöllangan murojaatlardan birida şaxsi sir qolişini istagan notarius.

“Xodimlar oyliklarini talab qilişyapti. Ularga nima deb javob berişni ham bilmayman, xijolatli ahvolda qoldim, Adliya vazirligi tomonidan respublikadagi notariuslar uçun taşkil etilgan telegram guruhida bir neça marta yozib, vaziyat böyiça tuşuntiriş berişlarini iltimos qildik. Biroq heç kimdan tayinli javob olganimiz yöq”, - deyiladi yana bir murojaatda.

Respublikadagi notariuslarning telegram guruhlaridagi yozişmalardan (2020 yil 3-5 iyun kunlari)

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida” PF-5816-sonli Farmoni bilan davlat notarial idoralarini bosqiçma-bosqiç nodavlat notarial idoralar etib qayta taşkil qilişga rozilik berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi 156-son qaroriga muvofiq, xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oşirilganligi uçun undiriladigan davlat bojining taqsimoti belgilandi.

Unga köra, davlat bojidan tuşgan tuşumning 80 foizi tuman (şahar)lar budjetlari daromadiga, 10 foizi Adliya organlari va muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga, qolgan