Xabarda aytilishicha, noma'lum erkak avtomobilda katta tezlikda kelib shlagbaumga urilgan va uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirishga uringan. U qo‘riqlash xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan va qo‘lga olingan. Oqibatda aeroport ishi vaqtincha to‘xtatilgan.
20 dekabrda Shtutgart aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan hamda boshqa aeroportlar ham shubhali shaxslar tomonidan tahdid bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi. Qayd etilishicha, bir necha nafar shaxs aeroport va unga yondosh binolarni «muntazam ravishda kuzatishgan».











